# Bojxona kodeksi — 355-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/355 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari kiritilgan bojxona organiga topshiriladi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)