# Bojxona kodeksi — 358-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/358 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)