BJK · 366-modda

366-modda. Tovarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda chiqarib yuborish

Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.

Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 300-1-moddasida belgilangan qoʻshimcha bojxona boji qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno.

Tovarlar bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.