# Bojxona kodeksi — 367-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/367 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)