BJK · 370-modda

370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish

Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.

Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.

Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir.

Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.