# Bojxona kodeksi — 370-modda. Tovarlarning tasniflanishi boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/370 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq dastlabki qaror qabul qilishi mumkin. Bojxona organlari tovarlarning kelib chiqish mamlakatini va tovarlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlashga doir dastlabki qarorni qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega. Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiydir. Dastlabki qarorning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)