BJK · 376-modda

376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi

Tashqi savdo bojxona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir.

Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bojxona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.