# Bojxona kodeksi — 379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/379 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir. Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)