BJK · 386-modda

386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha axborot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.