# Bojxona kodeksi — 394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/394 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)