# Bojxona kodeksi — 396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/396 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)