# Bojxona kodeksi — 400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/400 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)