# Bojxona kodeksi — 401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/401 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)