# Bojxona kodeksi — 404-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/404 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)