# Bojxona kodeksi — 409-1-modda. Shikoyat qilish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/409-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)