# Bojxona kodeksi — 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi). [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)