# Bojxona kodeksi — 50-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/50 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoki unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)