# Bojxona kodeksi — 51-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/51 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldigʻini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak. Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida bojxona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi. Tovarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)