# Bojxona kodeksi — 56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/56 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)