# Bojxona kodeksi — 68-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishini toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/68 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi: vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda; vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda toʻxtatib turiladi. Toʻxtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)