# Bojxona kodeksi — 78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)