# Bojxona kodeksi — 8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot; chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)