# Bojxona kodeksi — 83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/83 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)