# Bojxona kodeksi — 9-modda. Tovarning kuzatuv hujjatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/9 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi. Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish va oʻrov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi. Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)