# Bojxona kodeksi — 91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BJK/91 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno: bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari; qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar; bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq maʼlum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno. Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BJK)