# Budjet kodeksi — 10-modda. Budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi prinsipi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yigʻindisining hajmiga muvofiq boʻlishi kerak. Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablagʻlari mazkur budjetlarning balansliligini taʼminlash uchun ular oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)