# Budjet kodeksi — 110-modda. Budjet tizimi budjetlarini ijro etish muddatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/110 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qoʻshimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qoʻshimcha vaqt davri boʻlib, bu davr mobaynida oʻtgan yil uchun budjet tizimi budjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tizimi budjetlarining qoʻshimcha vaqt davridagi ijrosi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)