# Budjet kodeksi — 116-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/116 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan; davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)