# Budjet kodeksi — 138-modda. Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/138 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari oʻzgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasida yuzaga keladigan oʻzaro pul munosabatlaridir. Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar: qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi; budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning boʻysunuvi oʻzgarganda xarajatlar bir budjetdan boshqa budjetga oʻtkazilganligi; kapital qoʻyilmalar limitlari budjetlar darajalari oʻrtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi. Budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim boʻlgan summa yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan aniqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)