BK · 139-modda

139-modda. Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjetlararo transfertlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan tumanlar, shaharlar budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan budjetlararo transfertlar ularning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

Budjetlararo transfertlarni oʻtkazish gʻazna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.

Budjetlararo transfertlar boʻyicha hisob-kitoblar joriy moliya yilida qoʻshimcha vaqt davri hisobga olingan holda tugallanishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.