# Budjet kodeksi — 159-modda. Budjet ssudasi va kredit liniyasini oʻz vaqtida qaytarmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/159 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlar budjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi; har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)