# Budjet kodeksi — 162-modda. Budjet hisoboti turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/162 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini oʻz ichiga oladi: budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlarning tushumlari toʻgʻrisidagi hisobot; Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik va choraklik hisobotlar; davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)