BK · 176-modda

176-modda. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

Gʻaznachilik boʻlinmalari davlat moliyaviy nazoratini:

budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;

xarajatlar smetalarida va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.