# Budjet kodeksi — 18-modda. Budjet tasnifi tushunchasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tasnifi budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat boʻlib, budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi. Budjet tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)