# Budjet kodeksi — 186-modda. Davlat moliyaviy nazoratini oʻtkazishdagi cheklovlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/186 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat moliyaviy nazoratini: davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi boʻlgan; davlat moliyaviy nazorati obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari boʻlgan; tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati obyektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkazish taqiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)