# Budjet kodeksi — 188-modda. Smeta-shtat intizomini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/188 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Smeta-shtat intizomini buzish quyidagilar natijasida Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya yili davomida sarflashdir: notoʻgʻri maʼlumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib koʻrsatilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni xarajatlar smetasiga kiritish; xodimlarning belgilab qoʻyilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning toifalari oʻrtasidagi oʻzaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga rioya etmaslik; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik; tarifikatsiya roʻyxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga rioya etmaslik. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)