# Budjet kodeksi — 20-modda. Budjet tasnifining asosiy prinsiplari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/20 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tasnifining asosiy prinsiplari toʻliqlik, yagonalik va oʻzaro muvofiqlikdan iboratdir. Budjet tasnifining toʻliqlik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi. Budjet tasnifining yagonalik prinsipi budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona budjet tasnifi qoʻllanilishini anglatadi. Budjet tasnifining oʻzaro muvofiqligi prinsipi budjet tasnifining kodlari bir vaqtning oʻzida budjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qoʻllanilmasligini anglatadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)