# Budjet kodeksi — 23-modda. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar boʻyicha xarajatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/23 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tizimi budjetlarining iqtisodiy belgilar boʻyicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini oʻz ichiga oladi: birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam; ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; uchinchi guruh — kapital qoʻyilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarga muvofiq); toʻrtinchi guruh — boshqa xarajatlar. Xarajatlar guruhlari boʻyicha aniq moddalar budjet tasnifiga muvofiq belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)