# Budjet kodeksi — 45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini tuzish maqsadlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/45 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari boʻyicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining barcha tushumlari va xarajatlarini (ular oʻrtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda) hamda davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlarni hisobga olib borish uchun tuziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)