# Budjet kodeksi — 46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/46 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi: Davlat budjeti; davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari; Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari; davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan, biroq uning tarkibiga kirmaydigan jamgʻarmalarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)