# Budjet kodeksi — 5-1-modda. Budjet daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjetga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi normalarni amalga kiritish tartibi * > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/5-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlari daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)