# Budjet kodeksi — 6-modda. Budjet tizimi tushunchasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular oʻrtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan oʻzaro munosabatlar yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)