# Budjet kodeksi — 7-modda. Budjet tizimi prinsiplari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi: budjet tizimining yagonaligi; budjet tizimining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; budjet tizimi budjetlarining balansliligi va oʻzaro bogʻliqligi; budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning aniq yoʻnaltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi; budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan foydalanishning natijadorligi; kassaning yagonaligi; budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; ochiqlik. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)