# Budjet kodeksi — 82-modda. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari xarajatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/82 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan: moddiy-texnik bazani mustahkamlash; xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish; boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan xodimlarning qoʻshimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno. Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)