# Budjet kodeksi — 83-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/83 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet moʻljallari oʻrta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish: budjet soʻrovini tuzish tartibini yuborishni; budjet soʻrovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish va jamlashni; budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)