# Budjet kodeksi — 87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/87 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos boʻlgan tegishli qonunchilik hujjati koʻrsatilgan roʻyxatidir. Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun budjet tasnifiga muvofiq tuziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)