# Budjet kodeksi — 88-modda. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/88 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan uch yildan kam boʻlmagan davr uchun tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: budjet mablagʻlarini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari vazifalarini, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini; maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan oʻzaro bogʻliq huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va texnik tadbirlar majmuini; maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishni taʼminlaydigan, muddatlari va turlari boʻyicha kelishilgan kutilayotgan natijalar koʻrsatkichlari tizimini. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilangan maqsad va vazifalarga asoslanadi. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan yuqori turuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)