# Budjet kodeksi — 90-1-modda. Fiskal strategiyani tasdiqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/BK/90-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga maʼlumot uchun kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/BK)