# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 10-modda. Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi (bundan keyin — sud) tomonidan himoya qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari maʼmuriy tartibda himoya qilinadi. Maʼmuriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)