# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/108 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi: 1) yuridik shaxslarning oʻzaro va fuqarolar bilan bitimlari; 2) fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qatʼi nazar, boshqa bitimlar. Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq ogʻzaki tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)